: Tilla baliqcha (Abdulla Oripov she'ri) - 20 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 20 » Tilla baliqcha (Abdulla Oripov she'ri)
18:57
Tilla baliqcha (Abdulla Oripov she'ri)

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yoptilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...

Категория: ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI | Просмотров: 4740 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: