: Sevgi desam, faqat sen desam - 13 Апреля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Апрель » 13 » Sevgi desam, faqat sen desam
11:31
Sevgi desam, faqat sen desam

Sevgi desam, faqat sen desam,
Sening bilan yashasa qalbim;
Sen desam-u, butun dunyoning
Sho‘rishiga quloq solsam jim…

Quyun kabi aylanar boshim,
Qarayman-u, ko‘zim tinadi
Va jilvangdan ko‘ngil ko‘zgusi
Parcha-parcha bo‘lib sinadi.

Shu qarashga bormi nihoya,
Bo‘larmanmi maqsadga vosil?
Toparmanmi bir yangi g‘oya,
Bo‘larmikan bir murod hosil?

Topilarmi unda bir chora,
Agar meni qurshasa junun:
Bo‘lib qolsa sirim oshkora,
Atasalar nomimni Majnun?

Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2264 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: