: Sevgi - 13 Апреля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Апрель » 13 » Sevgi
11:30
Sevgi

O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bo`g`imgdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib to`rt satr,
Sirdoshiga asta ko`rsatib,
Qo`shni qizga bermagan kim bor.

Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir ko`ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.

Tushdim chog`i men ham domingga,
Ezgu hislar baxsh etding menga,
Hayotimga zar lavha bo`lding,
Ilk she’rimga sarlavha bo`lding,
Xayollarim ulfatdir senga.

Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochilur hayot,
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi g`amlarim shirin,
Kulib boqar menga koinot…

O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog`ingdan gul termagan kim bor…

Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 608 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: