: Rashk - 19 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 19 » Rashk
20:45
Rashk
Bir kishi uylandi. U ayolini juda yaxshi 
ko‘rar, ardoqlar edi. Kutilmaganda 
ayolda g‘alati kasallik boshlanibdi. 
Butun badaniga husnbuzar va yaralar 
toshib, avvalgi chiroyidan asar ham 
qolmabdi. Dard borgan sari avj olibdi. 
Kasallik boshlangan vaqtda er safarda 
ekan. U qaytayotganida falokat yuz 
berib, ko‘zi jarohatlanibdi, ko‘rmay 
qolibdi. Shu alfozda er-xotin 40 yil 
birga hayot kechirishibdi. Vaqti-soati 
yetib, ayol vafot etibdi. Er bir umrlik 
hamrohini, vafodor, itoatli xotinini 
yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi. 
Ayolni dafn etishgach, barcha 
tarqalibdi. Er ham o‘z uyiga ketmoqchi 
bo‘libdi. Shunda yonidagi do‘sti: 
—Qayoqqa ketyapsan? – deb 
so‘rabdi. 
—Uyimga, – javob beribdi er. 
—Qanday qilib ketasan, axir birov 
yetaklamasa, yo‘lingni topa olmaysan- 
ku! 
—Mening ko‘zlarim ochiq, – debdi er. 
– Faqat shuncha yil o‘zimni shu holga 
solib yurdim. Ayolimning kasali 
oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga 
majbur qildi. U juda yaxshi ayol edi, 
kasalligidan xabardorligimni bilsa, 
butun umr qimtinib, o‘ksinib yashardi. 
Qalbini yaralagim kelmadi. "Erim 
xunukligimni bilmaydi-ku” — deya 
xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l 
tutgandim. U qirq yil kasalligini 
umuman o‘ylamay, o‘ksimay 
yashaganidan xursandman..
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 5479 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: