: Onalar - 19 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 19 » Onalar
20:32
Onalar
Ona haqida she'rlar. 
Onam mehri yetib ortadi. 
Mayli dunyo beshavqat bo'lsin. 
Men baxtliman ey birodarlar. 
Mayli dunyo g'azabga to'lsin. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Nima kerak, do'stning oh-vohi. 
Birkun kelib yordam so'raseng. 
Tanimasga oladi goxi. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Kerak emas, soxta kalomlar. 
Bir bor "o'glim" desa yetadi. 
Kerak emas, o'zgacha nomlar. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Sevganimni daldasi shartmas. 
U xam birkun ortga qaytadi. 
Kutmayman xam, qaytmasa qaytmas. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Butun dunyo shavqat qilmasin. 
Birbor boshimni silagani bas. 
Mayli dushman yaram tirnasin. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Ey yoronlar sizdan kutmayman. 
Onam borki yuragim butun. 
Ul zot borki alam yutmayman. 

Onam mehri yetib ortadi. 
Qolganlar bir kuni minnatlar. 
Shuning uchun menga topilmas. 
Onamdanda qadri qimmatlar. 

Mehribon ko'rsatma o'zingni. 
Men uchun namlama ko'zingni. 
Ey yorim, bo'lmagin so'zimni. 
ONAM MEHRI YETIB ORTADI.
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 751 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: