: Onalar - 19 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 19 » Onalar
20:31
Onalar
Bir go'zalni tug'ilgan kuniga sovg'a olmoqchi bo'lib Andijon bozorlarini kezdim. 
Bitta ikkita qimmatbaxo sovg'alar uchradi lekin ko'nglim to'lmadi. Toshkentga yo'l oldim. 
Toshkentning eng qimmatli " Dolce & Gabbana " butikdan bitta sapog sotib oldim. 
Yana aylanib yurib oltin suvi yuritilgan va atrofiga aylana qimmat baxo toshlar terilgan, raqamlari tiniq yozilgan qo'l soatini sotib oldim. 
Uni yoniga yana turkiyada ishlov berilgan medalyoni bor tilla tros oldim. 
Haqiqiy original teridan ishlangan Gucci sumkasini ham harid qildim! 
Bozorning eng qimmat ro'moli dubaydan keltirilgan toza ipakli ro'mol oldim. 
Fleshka do'konidan eng so'ngi, "olmasi tishlangan" brendli mobil telefon oldim. 

Uyga qaytar ekanman tezroq yetib ul go'zalni nigoxini ko'rishga oshiqardim. Ammo hali gul va to'rt olishim kerakligi bois yangi bozorda Magnat shrinliklar do'koniga kirib buyurtma qilib qo'ygan to'rtimni olayotganimda yonimdagi odamlar to'rtni ko'rib xayratdan qotib qolishgandi. 
Kimdur to'rt oldida suratga tushib olishga ruxsat so'rardi. 
Va nixoyat gul do'koniga kirdim! 
Eng a'lo darajada terib olingan 60 ta qizil lola gul sotib oldim! Endi mani injiq malikam shunaqasini yaxshi ko'rsa nima ham qilardim. 

Sovg'alarni go'zalimga topshirdim. 
Bularning ichida menga eng yoqqani to'rt bo'ldi. Uni uch kishi damasga yuklab olib kelishgan, yuklash va tushirishga o'zim yordam berdim. 

To'rtning ustiga "60 YOSHINGIZ MUBORAK BO'LSIN ONAJONIM" deb yozilgan edi. 

Qissadan xissa shuki- bunday qimmat baxo sovg'alarga faqat va faqat Onalar haqli, sevgan qizingiz emas! 
Qissadan xissa shuki- qizchasiga Iphone olib sovg'a qilayotganlar onalariga bitta soat olib bermaganiga uyatdan yerga toptalsin. 
Qissadan xissa shuki- Mehrni shu tariqa isbotlash har kimning ham qo'lidan kelmaydi
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 1194 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: