: Odamlar (Ahad qayum she'ri) - 20 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 20 » Odamlar (Ahad qayum she'ri)
19:01
Odamlar (Ahad qayum she'ri)

Bu xayot biz uchun nima odamlar,
Sinovmi, jumboqmi yoki bir o'yin.
Bilmoqqa qanchalar intilsang agar,
Yashamoq shunchalar tuyular qiyin.


Bu dunyo biz uchun nima odamlar,
Zo'rlar bo'lib olgan kurash maydonmi.
Noxaq otasidan ranjir o'g'illar,
Onalar qiziga qarab xayronmi.


Bu nafas biz uchun nima odamlar,
Demak biz borlikning bir bulagimiz.
Bizga nesamardir ganimat damlar,
Osmonni yoritsin tilaklarimiz.


Bu yurak biz uchun nima odamlar,
Xar laxza bo'lingay ming bir bo'lakka.
Uning xonishin tinglasak agar,
Ruximiz uchadi qushdek falakka.


Bu yoshlik biz uchun nima odamlar,
Kim xam bosa olgay yurak taftini.
Yuzimizga ajin tushsa xam agar,
Yana sog'inamiz uning atirini.


Muxabbat biz uchun nima odamlar,
Ming yillab kutamiz visol onini.
Buni ishq o'tida kuyganlar bilar,
Sevgidan yaratmish inson jonini.


Guzallik biz uchun nima odamlar,
Kim xam ayta olgay oshiqlik sirin.
Goxo sarob misol turar jilvagar,

Shuncha ko'p anglaysan tushungan sarin.


Bu umr biz uchun nima odamlar,
Bu yillar, bu kunlar soat-dakika.
Qancha yoqib, qancha yoqdik shamlar,

Kimlar bizni eslar, kimlar unutar.


Bu ko'ngil biz uchun nima odamlar,
Ne uchun chalinar dil torlarimiz.
Kimnidir ko'ziga tushurgay namlar,

Bilmayin yetkazgan ozorlarimiz.


Bu yo'llar biz uchun nima odamlar,
Olg'a yursang ortga qaytish xam bordir.
Unga qaraganda o'ylang xar safar,

Bu xayot yo'llari juda xam tordir.


Bu taqdir biz uchun nima odamlar,
Xudo yorug' qilsin peshonangizni.
O'ksinmang ustma-ust tushsa xam g'amlar,

Doimo pok tuting iymoningizni.


Tiriklik biz uchun nima odamlar,
Aziz saqlamokmi do'stlar nomini.
Yaxshilik yo'lida bog'lasak kamarini,

O'shada sezgaymiz xayot totini.


Bu she’rim siz uchun nima odamlar,
Balki bir shunchaki ko'ngil ermagi.
Shu yerda so'zimni qilsam muxtasar,
Axadning bir tushdek shirin ertagi

Категория: AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI | Просмотров: 4121 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: