: ISLOM BOBOM! - 13 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 13 » ISLOM BOBOM!
16:55
ISLOM BOBOM!
ISLOM BOBOM! 
Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi, 
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi, 
Olloh Sizga jannatni ato qiladi, 
Vatan deb yonib kuygan Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
O’zi uchun yashamas, bunday inson kam, 
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas 
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas, 
Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik, 
Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik, 
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik, 
Tinchlik farishtasi Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
Har fanda-jabhada sizdek topilmas, 
O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas 
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas, 
Kimligini ko’rsatgan Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
Ilmini-zexnini meros qoldirgan, 
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan, 
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan, 
Buyuklardan-buyuk Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
Kattayu-kichikning mehrin qozongan, 
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan, 
O’zbek elini dunyoga tanitgan, 
O’zbekiston faxri Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 
Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda, 
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda, 
Har bir yosh qarining qalbi to’rida, 
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom, 
Boshimiz poyingizga egik bobom! 

Buxoro Shaxar 38-maktab 
7-G sinf o'quvchisi 
RAJABOVA SHAHRINOZA 
 
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2282 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: