: Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi. - 10 Мая 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Май » 10 » Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
10:53
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Fayzidan xonadon orasta bo`lar,
O`smalar qoshiga payvasta bo`lar.
Gullar qo`llarida guldasta bo`lar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Vafodor yoriga sadoqati bisyordir,
Kimlar unga yor, kimlardir ag`yordir.
U shunday oqila, shundayin yordir,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Kimlar ko`nglin olib qadriga yetar,
Kimlardir xor qilib tashlab ham ketar.
Farishtalar unga savoblar bitar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Allomalar atab g`azallar bitgan,
Sevganlar qo`liga gullarin tutgan.
Ne — ne daholar ham yetolmay o`tgan,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 3349 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: