18:55 Birinchi muhabbatim (Abdulla Oripov she'ri) | |
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan, Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q, Yuduzday kuyganim yo'q, oy kabi inganim yo'q. Erta xazon gul kabi sarg'ayib, so'lganim yo'q, Seni eslab yig'layman, birinchi muhabbatim, Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.
Yo'lin yo'qotsa odam muhabbatga suyangay, G'ussaga botsa odam muhabbatga suyangay, Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay, Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim, Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim, Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim, Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim, tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim, Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim, Yolg'iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.
| |
|
Всего комментариев: 0 | |