: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar

Бева ҳовлисига тун олдин кирар,
Қуюқлашиб борар дилда хотира.
Деворда, суратда: бир йигит кулар,
Ёнида жилмаяр бир қиз бокира.

Бева энг чиройли кўйлагин кийиб,
Очиқ деразадан термулар ғамгин.
Хона бурчагида ғамдан энтикиб,
Эски пластинка ғижиллар тағин.

Оқшомлари қийин бўлар бевага:
Хотиралар дилга кирар қуралаш.
Оғир бўлса ҳамки, тасвир бўлса ҳам
Суратга жилмаяр кўз ёш аралаш.

... Читать дальше »
Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1160 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Уларни отишди тонг палласида…
Отасин қўлини ушлаган гўдак
Милтиқларга қараб секин сўради,
Сўради: «Ўқ тегса оғрирми, дада?»
Унинг овозини босди гулдурак…
Баҳорда жарликни қоплар ўт-ўлан,
Ўтлар узра сузиб ўтар оқ булут
Ва шунда бир чечак аччиқ дард билан
Тинмасдан шивирлар: «Оғриркан, дада!»
Бу нола ҳеч қачон бўлмайди унут…

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1284 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Xalqimiz qadim-qadimdan o’z ajdodlarini  munosib xotirlab kelgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil  12 maydagi farmoishga binoan, 9 may «Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to’g’ risida» gi qarori ham e’lon qiiindi.
 Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini hotiralashgan. Yurtimizda islom dini joriy qilinishi bilan «Qurbon xayiti», «Ramazon xayiti» arafalarida marhurnlar cslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o’qilgan.Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug’, ustozlar esga olingan. Uzoq muddat sobiq mustabid davrida bunday marosimlar qoralanib kelindi, ta’qiqlandi. lstiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotiralash va mo’tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo’yishda «Xotira va xotiralash kuni» ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu kun o’z mohiyati bilan boshqa bayr ... Читать дальше »

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1157 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Серзарда замонлар ўтдилар қатор,
Ўтдилар йиллару ойлар ранг-баранг.
Мозийдан бугунга етмасди овоз,
Бўлмаганда ,халқим,сенинг хотиранг.
Сен ўзинг нақш этдинг ҳаёт қиссасин,
Сен ўзинг сўнг уни айладинг баён.
Олис боболарнинг босган ҳар изин
Ўзинг авлодларга этдинг намоён.
Диллардан зулматни қувай деб ёнган
Навоий қаламин ёритган чироқ,
Ҳазрат Соҳибқирон тузукларидан
Кўчиб,фикрларни ёритган чақмоқ,
Она Тўмариснинг шонли қисмати,
Жалолиддин тиғи таратган жаранг,
Бизнинг юраккача, балки, етмасди,
Бўлмаганда,халқим,сенинг хотиранг.
Имом Бухорий ... Читать дальше »
Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 2522 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Совуқ шамол мени қувади,
Сокин шаҳар кўчаларида.
Қизлар эса мени севади
Олис баҳор кечаларида.
Сизни севган у қиз тирикми?
Қийнайдими хотира расми?
Тунлар унинг боши эгикми,
< ... Читать дальше »
Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1684 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jaxon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 5 ming 400 nafardan ziyod Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan xar tomonlama e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda.Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan "Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga ko`rsatilayotgan extiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shaxar va tumanlarda, qishloq va maxallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari topshirilmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar qatorida  universitetda ham qator tadbirlar, uchrashuvlar amalga oshirib kelin ... Читать дальше »

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1349 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma ‘noga ega bo’lib, u mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o’lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumhalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko’rsatiladi.

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 2688 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

PREZIDENTIMIZ ISLOM KARIMOV TASHABBUSI BILAN 9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MAMLAKATIMIZDA UMUMXALQ BAYRAMI SIFATIDA KENG NISHONLANMOQDAPrezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqdaInson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday insonparvar tamoyillar o‘z ifodasini topgan.Bu sana urushlarda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qiladigan, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan nuroniylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatiladigan ezgu marosimdir.Bunday kunlarda bugungi tinch va osuda hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotishlar, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini teranroq anglaymiz.Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni urushda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga, olovli janggohlardan omon qaytgan ota-bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan momolarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotla ... Читать дальше »

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 3281 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

9 – May «Xotira va Qadrlash kuni»Har bir yoshning oldida turgan asosiy maqsadlaridan biri, o’z tarixini bilish, o’rganishdir. Agarda buyuk tariximizga nazar solsak, 1941-1945 yillardagi 2 – jahon urushi davrida, o’zbekning mard o’glonlari, ona Vatan uchun, oila – farzandlar uchun o’z jonini fido qilib, janglarga kirishishganligi yodimizga tushadi. BU yil g’alabaga erishganimizga 64 yil to’ldi. Mana hozirgi kunga kelib, O’zbekiston deb nomlanmish ona – Vatanimiz MUstaqil.Bugungi kunda biz yoshlarga keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilmoqda, bu albatta uzoq tarixdagi janglarda bo’lgan jasoratlar yutug’idir. «XOtira va Qadrlash kuni» ekan, Vatan tinchligi uchun kurashib, o’z jonini fido qilgan ota – bobolarimizni xotirlashimiz, yaqinlarimizni esa qadrlashimiz lozim. Qadr – qimmat esa eng avvalo, Ona – Vatanga bo’lsa xato bo’lmaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek «Kelajak yoshlarning qo’lida» ushbu gap orqali, bizlarga ishonch bildirilayotgan ekan, biz ana shunday tinchlik hukmronlik surayotgan Vatanda o’qib izlanishimiz, kelajak uchun bilim olishimiz lozim. Zero, YUrtimizda bilimli, oqil va dono yoshlar ko’payar ekan, bizning O’zbekistonimiz bundanda buyuk bo’lishi muqarrardir. Bu ulug’ kunda, yoshlardan, tengdoshlarimdan, shuni istardimki, qanchadan – qancha qonli janglarda jasorat ko’rsatgan bobolarimizni yodga olib, bu kunlarga erishish qanchalik mashaqqatli bo’lganligini, yana bir bor yodga olishsa maqsadga muofiq bo’lar edi. XUlos ... Читать дальше »

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 1705 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining bosh yo‘nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o‘zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati ulug‘lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.Bu jihatlar yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 22 aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘bat ... Читать дальше »
Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 3045 | Добавил: djsheroz | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)

« 1 2