: 9 — may Xotira va Qadrlash kuni - 9 Мая 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Май » 9 » 9 — may Xotira va Qadrlash kuni
20:05
9 — may Xotira va Qadrlash kuni

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.

 

Ikkinchi jaxon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 5 ming 400 nafardan ziyod Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan xar tomonlama e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan "Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga ko`rsatilayotgan extiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shaxar va tumanlarda, qishloq va maxallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari topshirilmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar qatorida  universitetda ham qator tadbirlar, uchrashuvlar amalga oshirib kelinmoqda.  Jumladan, joriy yilning 8 may kuni Harbiy fakultetda 2-jaxon urushi qatnashchisi Istam Komilov bilan uchrashuv o`tkazildi.  Uchrashuvda ishtirok etgan I.Komilovning 1941-1945 yillarda dushman bilan yakkama – yakka janglarda bo`lib, tinchlik va farovonlik uchun kurashgan onlari to`g`risida so`zlab berdi. Tadbir davomida ikkinchi jahon urushi bilan bog`liq hujjatli film namoyishi bo`ldi.

Категория: 9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР | Просмотров: 3556 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: