Bir kun tanimni tark etar ruhim, Qizg'aldoq bezaydi qabrimni manim. Bir kun dunyoga qayta kelarman, Lekin o'shanda ham seni sevarman!
|
Ko'zimdagi kulgu, dildagi dardim Yuzinga qarashga sig'maydi haddim Seni hayolimda erkalab qaytdim, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan.
Ko'rinsang nigohim yerdan uzolmay, Salomlashmoqqa ham jur'at qilolmay. Ketdim azoblanib, yo'limdan qolmay, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan.
Sen kelib o'tirding, men turib ketdim, Ko'ksim olov bo'ldi, men kulib ketdim. Ketdim-u bosh egib, oh urib ketdim, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan.
Tanxo kezgim kelar ba'zan bog'larni, Qo'llaringni to'yib sho'x sabolardan. Umr adog'ida qolgan chog'larda, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan.
|
Mendan ko’ngling sovib, Aylasang badnom, Va mendan yuzini o’girsa omad. Men seni yoningni olaman tamom, Sha'ningga tushmagay zarra malomat. Menga ayon aybu nuqsonlarim, bas, Ulardan bir qissa to’qiman shundoq. Eshitgach, xech kimsa ta'na etolmas, Odamlar oldida yurasan oppoq. Yutuq men tomondan bulur begumon, Sababki, men seni o’ylayman, sanam. Bu yo'lda o’zimga etganim ziyon, Senga foyda bo'lar, demak menga ham. Mayli, noxaq deya ayblashsin meni, Faqat bilishsa bas xaqli deb seni... Osmonning poyiga bosh qo'yar quyosh, Na kunduz, na tunda ko'ngil to'lmaydi. Olamdan sevgini izlab, qidiring sirdosh, Mandan yaxshisini topib bo'lmaydi.
|
Men seni yo'qotdim izlayman nogoh, Yoki chin sevgimni sanayman gunoh. Sen ushbu so'zimdan bo'lib qo'y ogoh, Baxtli bo'lolmaysan mensiz SEVGILIM!
Men seni yo'qotdim ayirdi firoq, Yuragim yorishmas yoqsangda chiroq. O'zga baxt axtarib topsangda biroq, Baxtli bo'lolmaysan mensiz SEVGILIM!
Men seni yo'qotdim pinhona so'zim, Yomg'irli bulutday yosh to'kar ko'zim. Dunyoda izlasang baxtingman o'zim, Baxtli bo'lolmaysan mensiz SEVGILIM!
Men seni yo'qotdim izlab kelsang ham, Men qolib o'zganing g'amin yesang ham, Ilohim baxtimni topdim desang ham, Baxtli bo'lolmaysan mensiz SEVGILIM!
|
Dilni ishk bahori tark etganda ham, Xayolni xiyonat band etganda ham, Qo’lingdan o’zgasi tutganda ham, Sen meni shunchaki UNITOLMAYSAN!
|
Sen Julyetta Romeoni o'lmiga sabab, Sen Laylisan Majnun sen deb cho'llarda harob, Sen Billura Akmal sen deb forumdan yiroq, Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Sening mehringdayin mehr yo'qdur olamda, Sening qaxringdayin qaxr topilmas zinxor, Bizni o'z mehringdan qilmagin darig', Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Senday go'zal sanam ayt qayda bordir? Shirin so'zli asal qayt qayda bordir? Kulib turgin doim, doim-doimo, Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Sevasanmi desalar gar jim egasan bosh, Ne-ne boshni egdirmagan o'shal qalam qosh, Aytolmayin sevgisini hatto to'kar yosh, Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Tabassumla qarshi olib har kunni, Alla bilan ovutgansan butun dunyoni, Beshigingni bolish aylab bedor tuningni, Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Qorachiqday asrar "qaro ko'zi"ni, Gohi eriga ham bermas so'zini, Lek hech qachon hafa qilmas o'zini, Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
|
Men seni jonimdan ortiq sevaman, Yorug' dunyoda eng keragimsan sen. Ayt sensiz qandayin yashay olaman, DILIMSAN, JONIMSAN, YURAGIMSAN SEN!
|
Seni dedim ko'zlaringga qarolmadim, Hatto sendan hol ahvoling so'rolmadim, Sog'inib men yonginagga borolmadim, Kechir, men sevishimni aytolmadim.
Ko'z yosh bilan yonginamga kelar eding, Hol ahvolim so'rab zimdan kular eding, Sog'inganim ko'zlarimdan bilar eding, Kechir, men sevishimni aytolmadim.
Menga bunday nigoh bilan boqma endi, Dilginamga o't-olovlar yoqma endi, Baxtsizman deb o'z-o'zingni so'kma endi, Kechir, men sevishimni aytolmadim.
Sevdim ammo yuragimda asrab keldim, Qalblarimda, og'ushimda saqlab keldim, Ostonangga bordim ammo qaytib keldim, Kechir, men sevishimni aytolmadim.
|
Negadir yoshlanar xumor ko'zlarim, Hech qachon hech kimga TALPINMAGANMAN. Ishoning chin so'zim, faqat chin so'zim, Hech kimni Sizchalik SOG'INMAGANMAN.
|
Men sizni bezovta qilmasman ortiq, Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim. Ammo men netayki ishqsiz dunyoda, Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim. Yodingizga yodim maloli kelmish, Ko‘zingiz zerikkan mendan bilaman. Go‘zal tuyg‘ularim xo‘rlangan joyda, Men nima qilaman? Yig‘lab chorlamasman ilojin topsam, Endi ko‘zingizda otmas tonglarim. Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda, Men Sizni angladim? Nur izlab kelgandim dunyoingizga, Zulmatlar darchasin yopolmadim hech. Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda, Men yashil rangimni topolmadim hech. Xayr, men o‘ziga begona odam, Sizga ham qadrdon bo‘lmog‘im qiyin. Mabodo sog‘inib qolsangiz agar, Qo‘ng‘iroq qilarman... Ming yildan keyin.
|
« 1 2 ... 8 9 10 11 12 ... 15 16 » |