: Muhabbat - 26 Июня 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Июнь » 26 » Muhabbat
19:37
Muhabbat
Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak, 
Yurak yolg`izlikning yagona quli. 
Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak, 
So`lganida oliy orzular guli, 
To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim, 
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? 

Men-ku har narsaga chidamas bir jon, 
Kim uchun shubhali totguvchi nonim. 
Ulkan davralarda har lahza, har on 
G`iybat o`rtasida turganda nomim, 
O`lchanib qolganda har bosgan izim, 
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? 

Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot, 
Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo. 
Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot 
Eng kichik baxtdan ham etganda judo, 
O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim, 
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1072 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: