18:20 Ayolga baxt bering, saodat bering | |
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib. Ayol kulib turib o'lishi mumkin Dunyoni olishi mumkin jilmayib. Ayolga baxt bering, saodat bering Gar ko'zlari kulib tursada, Bo'g'zining ostida necha ming hasrat Oy yuzlari kulib tursada. Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda Qo'lini silashga sharofat toping. Yig'lab turganida hech bo'lmaganda, Yoshini artishga muruvvat toping. Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli, Bosib o'tmaslikka shafoat toping. Ayolga baxt bering , saodat bering Tog' qimirlab, toshlar so'zga kirsada, Ayolga baxt bering, saodat bering Oltmishga kirsada, yuzga kirsada! | |
|
Всего комментариев: 0 | |